"LITSENZIYA" AXBOROT TIZIMI ORQALI "YOVVOYI HAYVONLARNI SAQLASH VA URCHITISH BO’YICHA PITOMNIK, SHUNINGDEK, ZOOLOGIYA KOLLEKSIYALARI HISOBGA QO’YILGANLIGI TO’G’RISIDAGI GUVOHNOMA" OLISH MUMKIN
2022-10-24 18:12:27 140
Davlat xizmatini ko’rsatuvchi subekt:
— O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi;
Murojaatlar qabul qilinadi:
– " Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar;
Arizani ko’rib chiqish uchun to’lanadigan yig’im miqdori:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar — 30 000 so’m (BHMning 10 foizi);
Tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — 60 000 so’m (BHMning 20 foizi);
Xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.
Arizani ko’rib chiqish muddati: 15 ish kuni
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan
Ma'lumot uchun: Guvohnoma berishdan oldin vakolatli organning hududiy organlari joyiga chiqqan holda hayvonlarni urchitish va saqlash sharoitlari o’rganadi. O’rganish natijasi bo’yicha xulosa rasmiylashtirilib, vakolatli organga taqdim etiladi.
Abdumanof Umridinov - So’x tuman adliya bulimi Davlat xizmatlari
markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram