“VATAN TAYANCHI” BOLALAR VA O’SMIRLAR HARBIY-VATANPARVARLIK HARAKATI FAOLIYATI O’RGANILDI
2022-10-24 17:54:45 378
Vatan tayanchi deganda ko’z o’ngimizda mard va jasur o’g’lonlar siymosi, Vatan himoyachilari gavdalanadi. Daraqiqat, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi shijoatli, azmi qat'iy farzandalarining qo’lidadir.
O’Zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 mart 2022 yilda qabul qilingan 150-sonli “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi qarori” ham yosh avlodni vatanparvarlik va vatando’stlik ro’hida tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, respublikamizning umumta'lim maktablarida “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etilgan va mazkur otryad tumanimizning barcha ta'lim darohlarida faoliyat olib boradi va bu otryadlarga rahbarlik qilish o’quv muassasalar direktorining yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash buyicha o’rinbosari-chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchilari zimmasiga bevosita yuklatilgan.
Lenbur mahallasidagi 18-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida mazkur ta'lim dargohining “Vatan tanyachi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati fa'oliyatini o’rganish va targ’ib qilish maqsadida amaliy seminar bo’lib o’tdi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev qatnashgan mazkur tadbirda tumandagi umumta'lim maktablari direktorlari, chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida so’z olgan tuman hokimi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kunning asosiy va dolzarb vazifasi ekanligi va ushbu vazifa ta'lim sohasi xodimlarini yanada mas'uliyat bilan ishlash va faoliyat olib borishga undashini ta'kidladi. Maktabda tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadi a'zolariga omadlar tiladi.
Tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i Tohir Jalilov ham o’z so’zida ishtirokchilarga Preziyedentimizning 150-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berdi. Tashkil etilgan amaliy seminar barcha ta'lim muassasalari mutasaddilariga o’ziga xos turtki bo’lishini qayd etdi.
Tadbir davomida 18-sonli maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy vatanparvarlik xarakati faoliyati tomonidan amaliy mashqlar namoyish etildi. Yosh Vatan himoyachilari o’zlarining ko’rgazmali chiqishlari bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldilar.
Tuman hokimi shuningdek, mazkur maktabning boshlang’ich va yuqori sinf talabalari bilan uchrashdi va tadbir haqidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Barcha talabalarga Vatan himoyachisi bo’lish qutlug’ burch va vazifa ekanligi tushuntirildi.
Maktabdagi chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani xonasi ham ko’zdan kechirildi. Tuman hokimi barcha maktab direktorlari bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida ushbu yo’nalishda tumandagi harbiy qismlar bilan mustahkam hamkorlik qilish lozimligin alohida ta'kidladi.
Maktabning majlislar zalida “Vatan tayanchi” otryadi a'zolari bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Bunday vatanparvarlik mavzusidagi ko’rgazmali seminarlar barcha ta'lim muassasalarida o’tkaziladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram