Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENG IQTIDORLI YOSH SHASHKACHI-SHAXMATCHILAR VA VILOYAT BOSQICHIDA ISHTIROK ETADIGANLARNING NOMI ANIQ BO’LDI

×

 2022-10-22 19:17:31    53

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda tashkil etib o’tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” bugun yoshlarimizning eng sevimli tadbiriga aylanib ulgurdi. Chunki mazkur tadbirda yoshlarimiz ichidan eng iqtidorli va bilimlilari adolat mezonlari va shaffoflik asosida tanlab olinadi.

Bugun tuman markaziy o’yingohida mazkur olimpiada tarkibiga kiruvchi sport turlari – shashka va shaxmat bo’yicha musobaqlarning tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur bellashuvlarda sektor bosqichida g’olib deb topilgan 64 nafar yosh shashkachi va shaxmatchilar o’zaro kuch sinashdi. Ikkala sport turi bo’yicha 32 nafardan ishtirok etgan yoshlar 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasi bo’yicha belashdilar.

Musobaqalarning tashkilotchilari tomonidan har bir bellashuv nazoratga olindi va sportchilar mahorati hakamlar hayati imtihonidan o’tkazildi. Sport tadbirida qatnashgan har bir ishtirokchi albatta g’alaba ilinjida dona surdi.

Natijada musobaqalarning shashka turi bo’yicha 11-16 yosh toifasida Bibirobia Shahobiddinova, 16-21 yosh toifasida Shohnura Karimjonova, 27-30 yosh toifasida Hadisa Jalilovalar birinchi o’rinni egallagan bo’lishsa, o’g’il bolalar o’rtasida birinchi o’rinni yoshlar toifasida Ozodbek Boboaliyev, Fayziddin Fayziddinov, Firo’z Shodiboyev va Burhoniddin Burhoniddinovlar egallashdi.

Shaxmat bo’yicha birinchi o’rin 11-15 yosh toifasida qizlardan Mubina Boboazimova, 16-21 yosh toifasida Dilnora Mirzojonova, 22-26 yosh toifasida Gulsanam Mirzoyevalarga nasib etgan bo’lsa, o’g’il bolalardan Sardorbek Xudoyberdiyev, Avazbek Olimjonov, Nodirbek A'zamjonov va Mashhur Alijonovlar birinchi o’rinni olishga muvaffaq bo’ldilar .

Musobaqa yakunida tuman hokimi o’rinbosari Ilhom Abdumajidov barcha g’olib va sovrindor bo’lgan yoshlarni tabriklab ularga kelgusidagi musobaqalarda omadlar tiladi. Barcha g’olib bo’lgan va sovrindorlikka erishgan ishtirokchilarga tashkilotchilarning diplomlari va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram