21 OKTYABR KUNI UZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
2022-10-21 18:34:02 149
Mazkur sana munosabati bilan So’x tumanidagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini hamda hududdagi tashkilot va muassasalarda bayramga bag’ishlab chellendj tashkil etildi. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini ma'muriyati o’quvchilarga o’zbek tilining tarixi, uning ahamiyati, buyuk bobokalonlarimizning uning rivojidagi o’rni haqida tushunchalar berdilar.
- 33 yil tarixiy sana. Mana ushbu muddat davomida davlat tili maqomini olgan o’zbek tili bugun eng oliy minbarlardan yangramoqda. Biz O’zbekiston fuqarolari dinimiz va tilimizdan qat'iy nazar davlat tilini bilishimiz va unga nisbatan ehtirom ko’rsatishimiz lozim, - deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram