BILASIZMI?
2022-10-21 18:25:32 150
"My.soliq.uz" saytidagi soliq to’lovchilarning shaxsiy kabinetida "YuSH onlayn NKM va virtual kassa ma'lumotlari" sahifasidan tahrirlash bo’limi tanlanadi.
Tahrirlashda tuzatilgan ma'lumotlar kiritilishi kerak:
1. Mahsulot nomi
2. Miqdori
3. Summasi
4. QQS
5. Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (mxik)
6. O’lchov birligi
7. Komitent stiri.
Shundan so’ng quydagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
Sizning murojatingiz Davlat soliq organi tomonidan yozilgan javob xati;
Davlat soliq organi tomonidan tuzilgan o’rganish ma'lumotnomasi;
Holat yuzasidan tadbirkorlik subekti vakilining tushuntirish xati;
Obektning tashqi va ichki foto surati;
Noto’g’ri urilgan chek nusxasi;
Davlat soliq organi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida qushimcha so’ralgan hujjatlar nusxasi.
QQSni hisoblashda summani to’liq tiyin tiyinigacha ko’rsatish lozim. Chek summasi o’zgartirmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.
Yakuniy bosqich yuborish tugmasini bosish.
Onlayn NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan kiyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
Manba – O’Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12. 05. 2022 yildagi 255-sonli qarori
Z. Raxmatjonov - So’x tuman DSI tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash sho’'basi soliq bo’yicha inspektori
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram