SUV TOSHQINI OQIBATLARI BARTARAF ETILDI
2022-10-20 17:24:36 129
Oxirgi ikki kun davomida yuzaga kelgan yog’ingarchilik o’z ta'sirini suv toshqini va sel kelishi ehtimoli bo’lgan hududlarga ko’rsatmay qo’ymadi. Qal'acha mahallasining Javpaya massivi ham tabiiyki, sel yo’lida joylashgan va tabiiy ofatlarni oldini olish maqsadida Javpaya massivini o’zlashtirish barobarida ushbu hududda sel yo’li ham barpo etilgan.
1-sektor kotibi Fazliddin Dodokarimovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, haqiqatan ham yuzaga kelgan yog’ingarchilik tufayli Javpaya massivida suv toshqini kuzatildi va ko’rilgan choralar tufayli suv toshqini oqibatlari bartaraf etildi. Eng asosiysi, suv toshqini Javpayadagi issiqxonalarga zarar yetkazmagan.
- Tuman hokimligi tomomnidan tashkil etilgan tezkor guruh va shtab a'zolari darhol voqea joyida hozir bo’lishdi va suv toshqini oqibatlari bartaraf etildi. Jalb etilgan maxsus texnikalar orqali amalga oshirilgan ishlar tufayli bugun Javpaya massiviga eltovchi yo’llar to’liq tozalangan va harkatlanish uchun biron to’siq yo’q, - deya bizga xabar bermoqda 1-sektor kotibi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram