Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZULFIYA NOMLI DAVLAT MUKOFOTI KO’RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO’LIB O’TDI

×

 2022-10-19 16:41:04    85

PDF yuklash
Chop etish


        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab – quvvatlash to’g’risida”gi 2326-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida bugun tuman madaniyat markazida  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasiga nomzodlarni taqdim etuvchi tumani komissiyasining tanlovi o’tkazildi.

        Mazkur tanlovning tuman bosqichida tumandagi mavjud 31 ta umumta'lim maktablarda ta'lim olayotgan iqtidorli, iste'dodli, bilim olishga chanqoq qizlar ishtirok etdilar. So’x tumani hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarovaning ma'lumotiga ko’ra, So’x tumanidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasiga taqdim etilgan adabiyot, madaniyat, san'at, fan, jamoatchilik va ta'lim yo’nalishlari bo’yicha  86  nafar nomzodlarning hujjatlari, ularning qo’lga kiritgan yutuqlari, yo’nalishlar bo’yicha iqtidorlari, bilim va dunyoqarash saviyalari yuzma-yuz muloqotlarda hamda hujjatlar bilan tanishish jarayonida mukammal tarzda o’rganib chiqildi.

        Adabiyot  yo’nalishi bo’yicha 21 nafar, ta'lim yo’nalishi bo’yicha                      8 nafar, fan yo’nalishi bo’yicha 12 nafar, san'at yo’nalishi bo’yicha 10 nafar, madaniyat yo’nalishida 10 nafar, sport yo’nalishida 14 nafar va jamoatchilik yo’nalishida  11 nafar  iste'dodli qizlar qatnashdi.

        Tanlov ishtirokchilarining mahorati va iste'dodi hakamlar hayati tomonidan baholandi. Natijada mazkur ko’rik-talov g’oliblari va eng iqtidorli qizlar nomi ham aniq bo’ldi.

        Hakamlar hayatining qaroriga ko’ra, 14-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi talabasi Shodiyona Sobirjonova adabiyot yo’nalishida, 13-sonli UO’T maktabi iqtidori o’quvchisi Hadisa Sharipova san'at yo’nalishida va 26-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchisi Mohigul Viktorova sport yo’nilishda g’olib deb topilib, mazkur talovning viloyat bosqichiga yo’llanma odilar. G’olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram