QANDAY HOLATLARDA SHAXSNI MOBIL-ID TIZIMIDA IDENTIFIKATSIYADAN O’TKAZISH RAD QILINISHI MUMKIN?
2022-10-19 16:30:42 119
Quyidagi holatlarda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazish rad qilinadi:
So’rovnomaga kiritilgan ma'lumotlarning noto’g’ri ekanligi yoki to’liq emasligi Mobil-ID tizimi orqali aniqlanganda;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazish uchun belgilangan to’lov to’lanmaganda;
Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazish ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq bo’lmaganda;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etilmaganda;
Foydalanuvchining biometrik ma'lumotlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma'lumotlari mos kelmaganda;
Biometrik ma'lumotlarni taqdim etishdan bosh tortganda.
Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazishni boshqa asoslar bo’yicha rad etish taqiqlanadi.
Foydalanuvchi ushbu kamchiliklarni bartaraf etgan holda istalgan vaqtda Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tish bo’yicha qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Abdumanof Umridinov - So’x tuman adliya bulimi Davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram