MOBIL-ID TIZIMIDA RO’YXATDAN O’TISH UCHUN TO’LOV UNDIRILADIMI?
2022-10-18 15:46:01 124
Bevosita davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar to’lov undirmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to’lov undirish orqali amalga oshiriladi.
Bunda, Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilganda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro’yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga to’lovning 50 foizi miqdorida chegirma qo’llaniladi.
Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazilganligi uchun to’lov to’langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
YIDXPning mobil ilovasi orqali murojaat qilinganda bepul amalga oshiriladi.
Abdumanof Umridinov - So’x tuman adliya bulimi Davlat
xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram