LENBUR MAHALLASIDA TUMAN HOKIMINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI
2022-10-18 14:52:53 119
1-sektor hududidagi Lenbur mahallasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Mahalla fuqarolar yig’ini idorasida o’tkazilgan sayyor qabulda mahalla fuqarolari, ayniqsa, Lenbur mahallasining xotin-qizlari faollik bilan ishtirok etdilar.
Sayyor qabulda qatnashgan korxona-tashkilot vakillari bilan qilingan murojaatlar tahlil etilib, ularning hal etilishi yuzasidan aniq choralar belgilandi. Sayyor qabulda aholi tomonidan dolzarb bo’lgan muammolar murojaat sifatida tuman hokimiga bildirildi.
Lenbur mahallasi aholisi ham asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanishadi va fuqarolarning asosiy daromad manbai ham ushbu soha hisoblanadi. Sholichilik Lenburlik dehqonlarning asosiy yumushidir. Har yili ushbu ziroatdan lenburliklar katta daromad olishadi.
Sholi maydonlari asosan So’x daryosi qirg’og’ida joylashgani bois, har yili suv toshqini oqibatida yetishtirilgan hosilga zarar yetkaziladi. So’x daryosi qirg’og’ini mustahkamlash, mahalliy sholikorlarga zaruriy sharoitlar yaratib berish bo’yicha tuman hokimiga murojaatlar qilindi.
Bu bo’yicha mutaxassislar tomonidan lenburliklarga asosli tushuntirish va ma'lumotlar berildi. Mazkur soha mutaxassislarining ma'lumotiga ko’ra, bu yili Umbara-Devayron yo’nalishidagi So’x daryosi qirg’oqlarini mustahkamlash uchun 324 million so’m, Unqirsoy sel yulini ta'mirlash uchun davlatimiz byudjetidan 1 milliard 591 million so’m mablag’ yo’naltirilgan va bu ta'mirlash va qirg’oqlarni mustahkamlash ishlari kelgusida ham davom ettiriladi.
Shuningdek, sayyor qabulda davolanish masalalarida moddiy yordam ko’rsatish, suv ta'minotidagi muammolarni bartaraf etish, ish joyi bilan ta'minlash, uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish tartibini tushuntirish va ushbu masalada amaliy kumak ko’rsatish masalalarida murojaatlar qilindi. Har bir murojaat yuzasidan murojaatchilarga mutassaddilar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda tuman hokimi tomonidan mahalla ma'murityai va sohada faoliyat olib borayotgan mutasaddilarga "Mahallabay" tizimi orqali ish olib borish bo’yicha qat'iy topshiriqlar berildi. Har bir murojaatni manzilli o’rganish va iloji boricha uni bartaraf etish va ijobiy hal etish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram