Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI OFTOBRU MAHALLASIDAGI 22-SONLI MAKTAB JAMOASI BILAN UCHRASHDI

×

 2022-10-18 10:05:16    127

PDF yuklash
Chop etish


Bugun So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman hokimi o’rinbosarlari va mutasaddilar bilan ta'lim-tarbiya jarayonini o’rganish va olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirish maqsadida Oftobru mahalla fuqarolar yig’inidagi 22-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lishdi. O’rganish jarayonida maktabdagi o’zgarishlar, sohada olib borilayotgan islohotlarning mazkur maktab hayotidagi o’rni ko’zdan kechirildi.

Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidovning so’zlariga ko’ra, bu galgi o’rganishda tuman hokimi maktabdagi sinfxonalarning jihoziga alohida e'tibor berib, bu bo’yicha o’zining taklif va tavsiyalarini berdi. Zamonaviy va o’ziga xos ranglarni tanlash, eski qoliplardan voz kechish, bir xil tusdagi, talaba-yoshlar ruhiyatiga salbiy ta'sir etadigan ranglardan foydalanmaslik, inson psixologiyasi va dars jarayoniga bevosita ijobiy samara bag’ishlaydigan uyg’un ranglardan foydalanish ta'lim-tarbiya jarayoniga ijobiylik baxsh etishi xususida fikrlar bidirildi.

Maktabning biologiya fanni xonasi shu tarzda bezatilgani mehmonlarda katta taasurot qoldirdi. Ushbu yo’nalishda samarali mehnat qilgan tasviriy san'at fani o’qituvchisi Muhammadsobit Gadoyevga minnatdorchilik bildirildi.

O’rganish jarayonida yuqori sinf o’quvchilariga o’tilgan bir soat ochiq dars orqali vatanpararlik, mehnatdo’stlik xususiyatlari haqida tushunchalar berildi. Vatan tarixini o’rganish har bir talaba uchun asosiy vazifa ekanligi tushuntirildi.

Maktabda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham ko’zdan kechirildi. Tuman xalq ta'limi bo’limi mudiri Habibjon Jurayevning ma'lumotiga ko’ra, maktabga muqobil energiya manbasi – ko’mir to’liq yetkazib berilgan.

Shuningdek, tahlim muassasida “Maktab, mahalla, oila” hamkorligi yo’lga qo’yilgan. Bu bo’yicha mahalla raisi Abror Zunnunovga ham tegishli vazifalar topshirildi.

O’quvchilar bilim darajasini imtihondan o’tkazgan tuman hokimi ularning qiziqishlari bilan qiziqdi. Eng faol va a'lochi o’quvchilarga badiiy kitoblar to’plami sovg’a sifatida taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram