Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAMGA BAG’ISHLAB TURLI TADBIR VA UCHRASHUVLAR O’TKAZILDI

×

 2022-10-15 16:02:07    53

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun, 15-oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan tumanimizning hududlarida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko’rik-tanlovlar, uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazildi. O’tkazilgan mazkur tadbirlarda onajonlarimiz va mo’nisa ayollarimizga ehtirom ko’rsatildi.

        - Qishloqdagi ayollar asosan uy-ro’zg’or ishlari, chorva mollarini parvarish qilish, ekish, shudgor qilish va o’rim-terim ishlari bilan shug’ullanadi. Ularning aksariyati kichik biznes vakillaridir. Erkaklar yoki shahar aholisi huquqlari, aniqroq qilib aytganda, imkoniyatlari bilan taqqoslaganda, qishloq va shaharlardagi ayollarning huquqlari tengsizligi hali ham yuqori bo’lib qolyapti. Qishloqlarda yaxshi ta'lim, tibbiy xizmat va ijtimoiy himoyadan foydalanishning imkoni yo’q. Ba'zi mamlakatlarda ayollar hatto toza suvdan foydalanish huquqi uchun kurashadi. Gender tengligiga erishish va ayollarning huquqlarini mustahkamlash nafaqat to’g’ri ish, balki o’ta qashshoqlik, ochlik va to’yib ovqatlanmaslik bilan kurashishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, - deb bizga yozmoqda Pidirgon mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Zuhroxon Parpiyeva.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram