SO’X TUMANIDA "YASHIL JAMOAT PARKLARI" TASHKIL ETILADI
2022-10-15 11:27:26 131
Aytish lozimki, Respublikamizda "yashil makon" umumimilliy loyihasi doirasida hududlarda yangi ekohududlar tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar qilindi. Jumladan, So’x tumanida ham ushbu yo’nalishda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
So’xning go’zal tabiati azaldan barchani o’ziga rom etib kelgan. So’xda tabiiy yashil hududular borki, ko’zni quvontiradi, barchani o’ziga tortadi. Tumanda turzimni rivojlantirishga oid mislsiz imkoniyatlar borki, ularni topish va yo’lga solish lozim va bu zamon talabi hamdir.
Tuman hokimi Saydbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh bugun 1-sektor hududida "yashil jamoat parki" barpo etish bo’yicha o’rganishlar olib borishdi. Fuqarolarga, ayniqsa, tumanga sayohat maqsadida tashrif buyuradigan mehmonlarga qulay va o’ziga xos zamonaviy sharoitlar yaratish va dam olish maskanlarini ham tuman landshaftiga xos etib barpo etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning ma'lumotiga ko’ra, tumanimizda uchta hududda yashil jamoat parki tashkil etish belgilangan va ushbu maydonlarning umumiy hajmi 4,5 gektarni tashkil etilishi ko’rsatib o’tilgan. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev o’rganish jarayonida dam olish istagida kelgan fuqarolarga o’ziga xos qulayliklar yaratib berish, quriladigan va barpo etiladigan dam olish maskanlarini ham zamonaviy va milliy mumtoz an'analariga xos tarzda qurish lozimligiga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidladi.
- Tumanimiz hududida dam olish imkoniyatiga ega bo’lgan bunday hududlar ko’p topiladi. Biroq, ma'lum sabablarga ko’ra, ushbu ob'ektlar xalqimiz manfaatiga emas, balki ma'lum shaxslarga xizmat qiladi. Shunday ob'ektlarni aniqlash va qonuniy tarzda dam olish maskanlari tashkil etish kerak. Albatta, aniq hududlarda tadbirkorlik yoxud boshqa turdagi fa'olitiyani yo’lga qo’ygan fuqarolarimizga biz amaliy ko’mak beramiz va asosan tumanimiz fuqarolari, So’xga tashrif buyuradigan mehmonlarga ham sharoitlar yaratib berishimiz kerak, - dedi tuman hokimi urganish jarayonida.
Ishonchimiz komilki, tumanimizda turizmni rivojlantirishga oid olib borilayotgan amaliy ishlar tufayli So’xning turzim salohiyati ham yuksaladi. Va, albatta, tumanning diqqatga sazovor bo’lgan har bir go’shasi fuqarolarimizning manfaatiga xizmat qiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram