O’ZINGIZGA QULAY BO’LGAN HUDUDDAN “ONLINE-VIDEO” TIZIMIDA BYURO RAHBARI BILAN MULOQOT QILISHINGIZ MUMKIN!
2022-10-15 11:22:17 110
Fuqarolarimiz murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini ta'minlash Majburiy ijro byurosi organlari oldidagi muhim vazifalardan biridir !
Aholi murojaatlarini qabul qilishda yanada qulaylik va shaffoflik yaratish, muammolarini tezkorlikda hal etish maqsadida, murojaatlar “Online-video” tizimi orqali ham qabul qilish tizimi yo’lga qo’yildi.
Endilikda, fuqarolarimiz har haftaning shanba kuni soat 10-30 dan boshlab, o’zlariga yaqin bo’lgan yoki istagan hududdagi Byuroning hududiy boshqarma yoki bo’limlariga borib, u yerda tashkil etilgan “Online-video” tizimi orqali, Byuro rahbariyati bilan muloqot qilib, faoliyatga doir har qanday masala bo’yicha murojaat qilishlari mumkin bo’ladi.
“Online-video” tizimi orqali murojaat yo’llashga to’sqinlik qilish holatlari haqida zudlik bilan (71) 207-11-59, 207-11-74 raqamli ishonch telefoniga xabar qoldirishingiz mumkin!
Qabul qilingan murojaatlar bo’yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.
“Online-video” murojaatlarda ishtirook etgan fuqarolarimiz bu tizim har tomonlama qulaylik yaratmoqda.
Fuqarolarimiz bilan navbatdagi “Online-video” murojaat jarayonlari joriy yilning 15 oktyabr kuniga belgilangan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram