Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 210 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QILINGAN MEHNAT E'TIROFI

×

 2022-10-12 18:12:08    76

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, tumanda bo’layotgan o’zgarishlar, yangilanishlarni keng ommaga yetkazish va tuman dorug’ini olamga doston etishdek mas'uliyat bugungi faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga o’zgacha ishtiyoq baxsh etadi va ushbu mehnatkash soha xodimlarini har qachongidanda ziyodroq va samaraliroq mehnat qilishga undaydi. Tuman mahalliy SO’X TV jamoasi mana qariyb 30 yildirki tumandagi bo’layotgan o’zgarishlarni butun O’zbekistonga yoyilishida sidqidildan mehnat qilib kelishadi.

        Iqtidorli va mehnatkash rahbar Farhodjon Mirsharipov boshchiligidagi bu mo’'jaz jamoa qilingan va qilinayotgan halol mehnatlari tufayli viloyat va hatto Respublika miqyosida alohida o’ringa ega. Ushbu qilinayotgan sa'y-harakat va samarali mehnat bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev toaonidan e'tirof etildi.

        So’x TV tahririyati muxbiri Jahongir Sobirovga tuman hokimining sovag’asi taqdim etildi. Eng muhimi e'tirof albatta va ishonchimiz komilki, So’x televizion studiyasining iqtidorli jurnalistlari va texnik xodimlari hamisha tumanimiz dovrug’ini olamga yoyishga astoydil harakat qiladilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram