NURONYILARIMIZ HAR DOIM E'TIBOR MARKAZIDA
2022-10-11 10:09:43 122
Yoshi ulug’ nuroniylarga ehtirom ko’rsatish, ularni hurmat-izzat qilishdek mas'uliyat bor yoshlarning zimmalarida. Zotan, keksa otaxonlar, nuronyilarning hayot yo’llari bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi hamdir.
Tumanimizda o’tgan hafta “Keksalar haftaligi” doirasida turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etildi. Aytish lozim, keksa otaxonlar va nuronyilarga bo’lgan e'tiborni har kuni, hayotning har lahzasi bildirish lozim. Demoqchimizki, tumanimizda mazkur haftalik o’zining mantiqiy davomini topayotir.
1-sektor hududidagi mahallalarda xaftalik doirasida keksa avlod vakillari o’rtasida bir piyola choy ustida shirin suhbatlar, “Diydor shirin” mavzularida keksalarning diydorlashuv tadbirlari tashkil qilinmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri tumandagi Tul va Soxibkor mahalla fuqarolar yig’inlarida tashkil etildi.
Sohibkor mahalalsi dam olish maskanida tashkil etilgan mazkur tadbirga ikkita mahallaning nuroniylari taklif qilindi. Ziyofat ustida va san'atkorlarning ko’y-qo’shiqlari ostida o’tgan mazkur tadbirda ulug’ yoshli otaxonlar va nuroyilarga ehtirom ko’rsatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram