Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOLIQCHI - KO’MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

×

 2022-10-10 17:25:29    76

PDF yuklash
Chop etish


         Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko’makchi bo’lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga yanada sifatli xizmat ko’rsatishni ta'minlash maqsadida Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil yanvar-avgust oylari davomida Sux tuman DSI tomonidan 578-ta tadbirkorlik sub'ektlarini qiynayotgan muammolari o’rganildi. Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’ligan 524-ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, O’RQ 714-sonli konuni bilan Sux tumanida jami 228 tadbirkorlarga 428 300 000 ming sum ( turt yuz yigirma sakkiz million uch yuz) ming so’m ortiqcha to’lovini bankdagi xisob raqamiga kaytarish buyicha ko’maklashildi. Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidenimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

 Farid To’raboyev – So’x tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram