VILOYAT SUDYALARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2022-10-10 17:24:10 125
Respublkamizda sud-huquq tizmini isloh qilish samarasi o’laroq, fuqarolarimizning mazkur tizimga bo’lgan ishonchi ham mustahkamlanmoqda, chunki mazkur tizim orqali fuqarolarimizning turli muammolari o’z yechimini topayotir. Soha vakillari ishtirokida tashkil etilayotgan tadbirlar, sayyor qabullar ham jamiyatda adolat va xolislik har doim tantana etilishi ta'minlanayotir.
Rovon mahalla fuqarolar yig’ini binosida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabulda ham viloyatimizning sud tizimi mutasaddilari ishtirok etishdi. Farg’ona viloyat sudi raisi tomonidan viloyat sudining sudyalari V. Siddiqov, F. Xatamkulov va fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi Sh.Abdullayev xamda jinoyat ishlari bo’icha So’x tuman sudi raisi Sh.Madumarovlar ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, “Ayollar daftari”, tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko’paygan mahallalar, tumanda profilaktik ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabul o’tkazildi.
Qabulda fuqarolar o’zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat etdilar. Ularga shu kunning o’zida muammolarini yechimi yuzasidan kerakli yordamlar ko’rsatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram