Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XUSHXABAR!!!

×

 2022-10-01 14:59:51    58

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun viloyatimiz markazi – go’zal Farg’ona shahrida 1 oktyabr - ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda So’x tumani faol pedagoglari ham ishtirok etdilar.

        Shuni quvonch bilan ayta olamizki, bu yili So’xlik muallimlarning ham mehnati munonsib rag’batlantirildi. So’xlik o’qituvchilarga ham soha mukofotlari topshirildi.

        So’x tumani xalq ta'limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori Habibjon Jo’rayevga "Xalq ta'limi fidoiysi", 4-sonli UO’T maktabi nemis tili fani o’qituvchisi Quddusxon Olchinov va 11-sonli UO’T maktabi tarix fani o’qituvchisi Dodonishon Nishonovlarga "O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi" ko’krak nishoni topshirildi.

        Makur bayram tadbirida ishtirok etgan 8-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi boshlang’ich sinflar o’qituvchisi Bunyodjon Shomatovga ham viloyat xalq ta'limi boshqarmasi faxriy yorlig’i va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Mana shunday So’xlik muallimlar mehnati ham munosib rag’batlantirilmoqda va bu bizning faxrimizu iftixorimizdir. 

        Barcha So’x tumani aholisi, barcha ziyoiylar, barcha o’qituvchi va murabbiylar nomidan mukofotlangan ustozlarimizni samimiy muborakbod etamiz! Kasb bayramingiz va yuksak soha mukofotlari qutlug’ bo’lsin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram