Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI S.S.SAYIDMUSAYEVNING 1 OKTYABR-“O’QITUVCHILAR VA MURABBIYLAR KUNI”GA BAG’ISHLANGAN TABRIK SO’ZI

×

 2022-10-01 14:27:16    273

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum hurmatli ustozlar!

 

O’zbekiston Respublikasida Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab ustoz-murabbiylarimizga bo’lgan e'tibor va e'tirof tobora kuchaytirib bormoqda.

 

Bu yil ham mazkur sana - ustoz-murabbiylarimizning kasbiy bayrami sifatida respublikamizning barcha go’shalarida tantanali ravishda nishonlanmoqda.

       

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, “Yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarni po’xta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, farzandlarimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetini shakllantirishdan iborat” degan tamoyilga muvofiq joriy yilda mamlakatimizning barcha sohalari kabi xalq ta'limi tizimida ham islohotlar izchillik bilan amalga oshirildi.

       

Hozirgi kunda tumanimizdagi umumiy o’rta ta'lim maktablarimizda 17 768 nafar o’quchilar tahsil olmoqda va ularga 1 419 nafar pedagog xodimlarimiz ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.

 

Hurmatli ustozlar!

Yangi 2022-2023 o’quv yilida oldimizda turgan dolzarb vazifalarni ijrosini ta'minlashga barchamiz birdek mas'ulmiz.

 

Mamlakatimizda yoshlarga bo’lgan e'tibor va g’amxo’rliklarning chegarasi yo’q. Bunday sharoitlar va imkoniyatlar tarixda, hech bir zamonda va hech bir davlatda bo’lmagan. Birgina o’zimizning tumanimiz misolida tahlil qiladigan bo’lsak, So’x tumani Xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta'lim maktablarimizda 2022-yil davomida investitsiya loyihalari, “Obod qishloq” hamda “Open byudjet” davlat dasturlari asosida bir qator qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi.

 

Jumladan: investitsiya dasturi doirasida “Humo-Don” qurilish MChJ tomonidan 4 mlrd 680 mln so’m mablag’ evaziga Tul MFY hududidagi 19-sonli maktabda rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

 

“Obod qishloq” dasturi asosida “Tabassum So’x savdo” MChJ tomonidan 633,7 mln so’m mablag’ evaziga Qal'acha MFY hududidagi 20-sonli umumta'lim maktabida va “Marg’ilon Sarbon” qurilish MChJ tomonidan 488,4 mln so’m mablag’ evaziga Chashma MFY hududidagi 11-sonli maktabda joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

 

 

“Obod qishloq” dasturi asosida “Marg’ilon Sarbon” qurilish MChJ tomonidan 1 mlrd 506,3 mln so’m mablag’ evaziga Qal'acha MFY hududidagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi binosida mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi.

 

“Open byudjet” dasturi doirasida “Shahzodi Faridun” MChJ tomonidan 385 mln so’m mablag’ asosida Yangiariq MFY hududidagi 2-Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

 

“Open byudjet” dasturi asosida “Zum Hayot Servis” MChJ tomonidan 386 mln so’m mablag’ evaziga Chashma MFY hududidagi 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida mini futbol maydonchasi barpo etildi.

 

Bundan tashqari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish nodavlat tashkiloti tomonidan Xalq ta'limi bo’limi tizimidagi 4 ta (9,12,17 va 27-sonli) maktablarimizda joriy ta'mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan .

 

Joriy yilda maktab o’quvchilarini kompyuter savodxonligini oshirish, pedagog xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayonida keng qo’llashini yo’lga qo’yish maqsadida tumandagi 2,5,14,21 va 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablari “Eksin bank” va Respublika byudjeti malbag’lari hisobidan eng so’nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter bilan ta'minlandi.

 

O’tgan o’quv yili davomida xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan ilg’or fan o’qituvchilarimiz hamda maktab o’quvchilarimiz tomonidan ko’p muvaffaqiyatlarga erishildi.

 

Jumladan: “Iqtidorli o’quvchilar o’rtasida fan olimpiadalarini o’tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to’g’risida“gi qaror doirasida o’tkazilgan tanlovda faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan 22-sonli  maktab jamoasi 100 mln so’m, 2-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktabi jamoasi 75 mln so’m va 2-sonli maktab jamoasi 50 mln so’m miqdoridagi bir martalik pul mukofotlarini olishga sazavor bo’ldilar.

       

Joriy yilning 30-mart kuni So’x tumaniga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Saidov Baxtiyor Odilovichning tashrifi amalga oshirildi. Vazir tumandagi maktablarning sharoitlari bilan yaqindan tanishib, maktablardagi mavjud muammolarni o’rganib, ularning yechimini topish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.

 

Fan olimpiadalari viloyat bosqichiga yo’llanma olgan 85-nafar o’quvchilarning 10-nafari o’zbek, tojik va frantsuz tili fanlaridan viloyat bosqichida faxrli 1, 2, 3-o’rinni qo’lga kiritdilar. Fan olimpiadasining Respublika bosqichida esa 4 nafar o’quvchilarimiz munosib ishtirok etib, ulardan 28-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabning 11-sinf o’quvchisi Mandonova Farxunda Ravshanzoda faxrli 4-o’rinni qo’lga kiritdi.

 

2021-2022 o’quv yili umumta'lim muassasalarning 11-sinfini bitirgan 906-nafar bitiruvchilarning 25-nafari kumush va 84-nafari oltin medallar bilan taqdirlandilar.

 

Yaqindagina 25 sentyabr kuni 2-umumiy o’rta ta'lim maktabning 11-sinf o’quvchisi Sultonboyev Asadbek Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “MDH doirasidagi tashabbuskor islohotchi” ko’rik-tanlovida ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi.

 

Joriy yilining 4-iyun kuni So’x tumanida davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan barpo etilgan bolalar sog’lomlashtirish oromgohi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. 200-o’ringa mo’ljallangan oromgohni bunyod etish uchun 29 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirildi.

 

Tuman pedagog va rahbar xodimlarining kasbiy malaka va mahoratlarini oshirish maqsadida tumanda bir qator qo’layliklar yaratib berildi. Jumladan: joriy yilning iyun oyida 709 nafar pedagoglarimiz 3 va 4-maktabda viloyat pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda an'anaviy va qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga jalb etildi.

 

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, bu yilgi Oliy ta'lim muassasalariga jami 3195 nafar maktab bitiruvchilari hujjat topshirgan va davlat imtihonlariga jalb etilgan. Joriy o’quv yilida maktabni bitirgan 906 nafar bitiruvchilaridan jami 161 nafari (17,8%) oliy ta'lim muassasalariga o’qishga qabul qilingan.

 

Albatta bu kabi erishayotgan yutuqlarimiz bizga va ustozlarga katta quvonch bag’ishlaydi. Ishonamanki, bu kabi zafarlar va yutuqlarimiz soni yangi o’quv yilida bundanda ko’p bo’ladi.

                    

 Hurmatli ustozlar!

 

Fursatdan foydalanib, men o’zim va tuman hokimligi nomidan Sizlarni bugungi “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Sizlarga eng avvalo sog’lik-omonlik, tinchlik-totuvlik, oilaviy baxt-saodat va ta'lim-tarbiya jarayonidagi kelgusi faoliyatlaringizda ulkan zafarlar tilab qolaman.

 

E'tiboringiz uchun rahmat!

 

       S. S. Sayidmusayev - So’x tumani hokimi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram