Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK FAXRIY USTOZLARGA HURMAT-EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2022-10-01 14:23:41    62

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda Ustozlar va murabbiylar kuniga bag’ishlab turli uchrashuvlar va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda. “Shohjahon” tantanalar saroyida bo’lib o’tgan bayram tadbirida So’x tumani 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi pedagogik jamoasi, faxriy ustozlar  va mazkur ta'lim dargohini bitirgan talabalar ishtirok etdilar.

Aytish lozimki, mazkur ta'lim muassasasi 1994 yilda tashkil etilgan bo’lib, 2000 yilgacha faoliyat olib borgan va shundan so’ng mazkur ta'lim dargohi negizida So’x akademik litseyi tashkil etilgan. Mazkur ta'lim dargohida fa'oliyat olib borgan o’qituvchi-muallimlarning shogirdlari bugun turli sohalarda va nufuzli idoralarda fa'oliyat olib borishmoqda. Chunki mazkur dargoh talabalarining qariyb aksariyati turli Respublika doirasidagi fan olimpiadalarida qatnashib, tuman nufuzini himoya etib, Respublika miqyosidagi mazkur tanlov g’olibligini qo’lga kiritishgan.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimii Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari o’z so’zlarida tumanda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibordan So’xlik muallimlar ham foydalanib kelayotganliklari, tumanda tashkil etilayotgan va barpo qilinayotgan yangi va zamonaviy ta'lim muassasalari, maktablar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi harakatlar zamirida o’nib-o’sib kelayotgan barkamol avlodning porloq va nurli kelajagi,  muallim mehnatini munosib rag’batlantirish mujassam ekanligini qayd etib o’tdilar.

Tadbir jarayonida bir guruh faxriy ustozlar va mehnat faoliyatida namuna bo’lgan ustozlarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliq va tashakkurnomalar taqdim etildi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbir haqiqiy tantanaga aylanib ketdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram