Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTAB – MUQADDAS DARGOH

×

 2022-09-30 14:01:26    325

PDF yuklash
Chop etish


        O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng yurtimizda a'lim sohasini isloh qilish va rivojlantirish, malakali va har tomonlama bilimli va salohiyatli kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilib, sohada bosqichma-boqich islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

        Shu kabi islohotlardan biri 1995-2000 yillarda respublikamizda litsey-internatlarini tashkil etilishi bo’lib, mazkur ta'lim dargohlarining faoliyat yuritishi davrida ta'lim sohasida yuqori samaradorlikka erishildi. Jumladan, So’x tumanida 1994 yilda 1-sonli iqtidorli bolalar litseyi tashkil etilib shu yili mazkur ta'lim muassasasida 3 ta sinf tashkil etilgan.

        1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida dars jarayonlari o’z kasbining fidoyisi bo’lgan ustoz murabbiylar tomonidan yuqori darajada tashkil etilganligi natijasida birinchi o’quv yilining o’zida Respublika miqyosida o’tkazilgan fan olimpiadalarida Nasriyev Nosir, Ernazarov Behro’z, Inomjonov Inomjon, Ahmedov Payravlar g’oliblikni qo’lga kiritganlar.

        Sir emaski, bog’bon ham zahmat chekib bog’ barpo etadi va bunyod etgan bog’idan birinchi hosilni yig’ib olganida chekkan zahmatlari o’rnini, har bir mevani terib olish jarayonida til bilan ta'riflab bo’lmaydigan faxr, iftixor va qilgan mehnatining samarasidan rohatlanish hissi egallab oladi.

        Shu kabi holat ustoz va murabbiylarda o’quv yili yakunlanib, ular ta'lim bergan talabalarning oliy ta'lim muassasalari talabalari bo’lishdek baxtga muyassar bo’lganlarida namoyon bo’ladi.

        Litsey-internat ma'muriyati 1995-1996 o’quv yili yakunida o’zlarining birinchi bitiruvchi qaldirg’ochlarini yangi hayot va oliy ta'lim muassasalari sari yuksak parvoz etishga yo’naltirdilar va bitiruvchilarning 85-90 foizi oliy ta'lim muassasalariga o’qishga qabul qilinib, ustoz va muallimlarning sidqidildan mehnat qilganlarini isbotlab berdi.

        Litsey-internatda jonkuyarlik, fidoiylik va har bir o’quvchiga otalarcha mehr berib, hayotini shu ta'lim dargohiga bag’shida etgan ustoz va muallimlardan Mahmudov Hakimjon, Ernazarov Savror, Ravshanjon Mahmudov,  Tojiboy Qosimov, Murodjon Nishonov, Dodoxon Komilov, Erkin Ismoilov, Hamroboy Jurayev, Dodoxon Enazarov, Abdumannof Abdumajidov, Abdushukur Turaboyev, Aminjon G’oibov, Zaylobidin Temirov, Jalolidin Nasridinov, Farxod Hiseynov, Amirjon Ashurov, Mavlon Ibragimov, Ikrom Kashamovlar yoshlarga ta'lim va tarbiya berishda birdamlik va hamjihatlikda faoliyatlarini olib borib, tumanimiz va hatto viloyat va respublika ravnaqi uchun o’zining munosib hissasini qo’shayotgan kadrlarni tarbiyalab berishdi.

        Ernazarov Savrorjon, Mahmudov Hakimjon va Temirov Zaylobidinlar respublika miqyosida “O’zbekiston Respubikasi xalq ta'limi a'lochisi” unvonini olishga erishdilar.

        Litsey-internat fa'oliyatining yana bir muhim jihati shundaki, mazkur dargohdan Respublika miqyosidagi fan olmipiadalarida qatnashib,  birinchilikni olgan talabalr ham talaygina. Ulardan, Nasriyev Nosir, Ernazarov Behro’z, Inomjonov Inomjon, Ahmedov Payrav, Hojiyev Hojiboy, Ernazarov Parviz, Zununov Mansurali, Nadirboyev Sherzod, Bobohaydarov Iqbol, Hisomov  Sanjarlar nomilarini qayd etib o’tish joiz.     

        Bugungi kunda tumandagi boshqaruv tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha tizimidagi tashkilotlar, ayniqsa xalq ta'limi sohasida, qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik sohalarida 1-sonli iqtidorlik bolalar litseyi bitiruvchilarini samarali mehnat qilib kelayotganlarini ko’rish ustoz va murabbiylariga o’zgacha quvonch va iftixor bag’ishlamoqda.

        Yuqorida qayd etganimizdek, ustoz va muallimlarning zahmatli va mas'uliyatli mehnatlari o’zining samarasini namoyon etayotganligi xalqimiz va davlatimiz oldida halol va fidoiylik bilan mehnat qilganliklarini isbotlab, ularga o’zgacha zavq, surur va faxrlanish hissini ato etmoqda.

        Fursatdan foydalanib, bugungi tantanali tadbirimizda ishtirok etayotgan barcha ustoz va murabbiylarimizni kasb bayramlari “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan tabriklab, bugungi kunda o’zining faoliyatini davom ettirayotgan ustozlarga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Keksalik gashtini surib, qilgan mehnatlari samarasini har bir soha, har bir tashkilotlarda mehnat qilayotgan shogirdlarida ko’rib, “Mening shogirdim” deb faxrlanib tilga olayotgan faxriy ustozlarimizni Alloh o’z panohida asrashini tilaymiz.

Barcha ustoz va murabbiylarimiz, bugungi tadbir ishtirokchilariga tansihatlik, oilaviy quvonch va ishlariga omad yor bo’lishini tilaymiz.

                  Akmal Aliyorov – So’x tumani hokimligi iqtisodiyot bo’limi bosh mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram