Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCH AVLOD UCHRASHUVI

×

 2022-09-30 13:52:18    66

PDF yuklash
Chop etish


        1-oktyabr —O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Sarikanda mahallasida "Uch avlod uchrashuvi" uchrashuvi o’tkazildi

        Uchrashuvda mahalla nuroniylari, faxriy ustozlar, murabbiylar, o’rta avlod vakillari va faol yoshlar ishtirok etdi.

        Tarix, bugun va kelajakni birlashtirgan uchrashuvda faxriy ustozlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to’plagan boy tajribasi, nuroniylarimizning yoshlik davridagi o’ziga xos qiyinchiliklari, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko’rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o’z dil so’zlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar.

        Shuningdek, mahalla yoshlar yetakchisi, avvalo barcha ustoz va murabbiylarini kasb bayramlari bilan tabriklab, yangi O’zbekistonni bunyod etishda yoshlar uchun nafaqat o’tkir zehn va aql, zamonaviy bilimlar, balki keksa avlod vakillarining katta hayot maktabidan olgan saboqlari, milliy qadriyat va an'analarga hurmat, Vatanga bo’lgan muhabbatu sadoqat, shu bilan birga yurtimizdagi o’zgarishlarga daxldorlik hissi bilan yashash ham talab etilishini qayd etdi.

        Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari bir piyola choy ustida gurunglashdilar. Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar, tushunmagan masalalarda kerakli maslahatlar olishdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram