«OILA-MAHALLA-TA'LIM MUASSASASI» HAMKORLIGI HAZRATI ALI MAHALLASI MISOLIDA
2022-09-30 09:08:26 764
Jismonan sog’lom, ma'nan yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti, ota-onalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari Kengash a'zolarining o’rni juda muhim hisoblanadi.
“Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175-sonli qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini ma'muriyati ishtirokida hududdagi 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida «Ota va ona — oila tayanchi» shiori ostida yuqori sinf uquvchilarning ota onalari bilan ochiq muloqot bo’lib utdi.
Tadbir tanqidiy tarzda o’tkazilib unda har bir ota-ona va mahalla ahli, qishloqda voyaga yetayotgan har bir o’g’il-qizning kelajagi uchun mas'ul ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, maktabga, ta'lim-tarbiyaga ko’mak deganda faqat moddiy emas, balki eng avvalo ma'naviy yordamni tushunish kerak lozimligi so’zga chiqganlar tomonidan qayd etildi. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini fa'ollari hamda Kengash a'zolari ushbu mavzuga oid boshqa masalalarda hamjihat va faol bo’lishga kelishib oldilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram