1 OKTYABR - O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN O’TKAZILADIGAN DAVLAT TADBIRI SAMARQAND XALQARO TURISTIK MARKAZIDA BO’LIB O’TDI
2022-09-30 09:04:53 128
Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo’li” xalqaro turizm markazida «O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan umumxalq bayramining asosiy tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Xalq ta'limi, Oliy va o’rta maxsus ta'lim, Maktabgacha ta'lim vazirliklari hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan respublikamizning 700 nafar ustoz-murabbiylari ishtirok etdilar. Aytish lozimki, ushbu tantanali tadbirda So’xlik o’qituvchi Dodonishon Nishonov ham bor.
O’qituvchilar ikki kun davomida «Boqiy Samarqand» majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladi.
Aytish joizki, Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo’li” xalqaro turizm markazi ilk bor dunyoning 14 davlati rahbaridan iborat Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zolari kengashiga mezbonlik qilgan edi. Mazkur majmuada yuksak darajada o’tkazilayotgan navbatdagi tadbir aynan o’qituvchi va murabbiylarning kasb bayrami munosabati bilan bo’lib o’tmoqda.
Barchangizga bayram muborak bo’lsin. Hamisha sog’-omon bo’ling, aziz ustoz va murabbiylar!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram