Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANDAGI UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABLARIDAGI MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARLARI FA'OLIYATI TAHLIL ETILDI

×

 2022-09-29 17:56:09    136

PDF yuklash
Chop etish


        Xabaringiz bor, tumanimizda bo’lgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi ishchi guruhi vakillari ishtirokida tumanimiz mahallalarida ma'naviy ma'rifiy tadbirlar o’tkazildi va o’qituvchilar bayrami arafasida faxriy ustozlar holidan xabar olinib, ular bilan davra suhbatlari o’tkazildi.

        Tuman hokimligi majlislar zalida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot davomida tumanda tashkil etilgan tadbirlar natijalari tahlil etildi. Shuningdek, tuman ta'lim muassasalarida fa'oliyat olib borayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishi tahlil etildi. Ochiq muloqot jarayonida tuman hokimi o’rinbosari Ilhom Abdumajidov ham ishtirok etdi.

        Tadbirda so’z olgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov tumanda tashkil etilgan tadbirlar natijasi haqida gapirib, tadbirlarni o’tkazilishida amaliy kumak ko’rsatgan hokimlik vakillariga minnatdorlik bildirdi. Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ham kelgusida bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun chora-tadbirlar rejasi belgilanganligini qayd etdi.

        Tadbir jarayonida tumandagi umumiy o’rta ta'lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari suhbatdan o’tkazilganligi ta'kidlanib, suhbat natijalari tanqidiy tahlil qilindi. Ba'zi ta'lim muassasalariga tayinlangan direktor o’rinbosarlarining ishda qolish-qolmaslik masalasi ham ko’rib chiqildi. Tadbir davomida 2022-2023 o’quv yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustivor vazifalar bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olinib, uning ijrosi bo’yicha barcha mutasaddilarga aniq ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram