HAFTANING PAYSHANBA KUNI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH KUNI
2022-09-29 17:52:07 104
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 19-yanvar kuni qabul qilingan "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida So’x tumanida olib borilayotgan ishlar ayniqsa, yoshlar yetakchilari tomonidan yaxshi tashkilanyapti.
Mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta'lim muassasalarida voyaga yetmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, o’z joniga qasd va suiqasd qilishni oldini olish maqsadida Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inidagi 4-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida IIB XPB VY va YBIG katta inspektori, inspektor psixologlar, JQB xodimi, JXX XPB profilaktika katta inspektori va mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbir davomida o’quvchilarga darslarni sababsiz qoldirmaslik, dars mashg’ulotlari davomida uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik va maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishlik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram