Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QUROL TO’G’RISIDA” GI QONUN MAZMUN-MOHIYATINI KENG OMMAGA YETKAZISH YUZASIDAN TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2022-09-29 14:44:11    125

PDF yuklash
Chop etish


        Avval xabar berganimizdek, bugun tuman markaziy o’yingohida payshanba kuni jinoyatchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman ichki ishlar bo’limi shaxsiy tarkibi ham faolik bilan ishtirok etdi.

        O’tkazilgan mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasining “Qurol to’g’risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi O’RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o’q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo’lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlari Qonunning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish va aholiga tushuntirish bo’yicha tayyorlangan bukletlar barcha ichki ishlar xodimlari va profilaktika inspektorlariga tarqatildi. Barcha xodimlarga mazkur Qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, aholi urtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

        Qonunga oid bukletlar tumanning IIB binosi hamda aholi gavjum joylarga, tashkilot va korxonalarga o’rnatilmoqda. Shuningdek, aholiga Qonun mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar yo’lga qo’yilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram