BYURONING SO’X TUMAN BO’LIMIDA 22,3 MILLION SO’M JINOIY JARIMA UNDIRILDI
2022-09-28 14:21:26 117
JIB So’x tuman sudining 23.06.2022 yilgi hukmiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismini “a” bandi bilan ayblangan qarzdor Sh.K.dan 22.300.000 so’m jinoiy jarima undirish to’g’risidagi ijro hujjati Byuroning So’x tuman bo’limiga 19.07.2022 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo’zg’atilgan bo’lib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin, qarzdor jinoiy jarimani to’lamagach, byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari o’tkazilishi natijasida 23.09.2022 yil kuni qarzdor Sh.K.dan 22.300.000 so’m jinoiy jarimani to’liq undirilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.
MIB So’x tumani bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram