SO’X TUMANI MAHALLALARIDA KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O’TKAZISH MAQSADIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O’TKAZILDI
2022-09-28 14:16:23 237
Tuman markaziy o’yingohida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi tashabbusi bilan bo’lib o’tgan tadbirda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining barcha kuch va vositalari ishtirok etishdi. Fuqaro muhofazasi tarkibiga kiruvchi barcha tashkilot-korxonalarning vakillari qatorida mazkur idoralarda mavjud bo’lgan texnika vositalari ham jalb etildi.
Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, zarar ko’rgan fuqarolarga birinchi yordam ko’rsatish va tashkil etilayotgan bunday tadbirlar eng avvalo, fuqarolarimiz manfaatini ko’zlab tashkil etilayotgani zikr etildi. Tadbirda qatnashgan viloyat vakillari va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashkillanayotgan tadbirlar ahamiyati haqida so’zlashdi.
Shuningdek, 2022-2023 yilgi kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida tuman hokimligi, favqulodda vaziyatlar bo’limi, IIB, milliy gvardiya, gaz va elektr ta'minoti xizmatlari xodimlari, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi, tibbiyot birlashmasi vakillari hamda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va faollari bilan hamkorlikda mavjud 27 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib xonadon egalari bilan 2022-2023 yilgi kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar va yong’inlar, is gazidan zaharlanish hamda botulizim kabi ko’ngilsiz holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Profilaktik tadbirlarda 935 ta xonadonlarga kirildi va 3745 nafar fuqarolarga yo’riqnomalar berildi. O’tkazilgan tadbirlarda korxona va tashkilotlardan 16ta texnika va 245 nafar xodimlar qatnashdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram