Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA ZA'FARON YETISHTIRISH MAQSADIDA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI MABLAG’LARI JALB ETILISHI KO’ZDA TUTILGAN

×

 2022-09-22 20:08:55    109

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, tumanimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va aholi dasturxoniga sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida ko’p ishlar qilinayotir. Tashkil etilayotgan kavrak plantatsiyalari, namatak yetishtirishni yo’lga qo’yish, oborotdan chiqib ketgan yerlarda suv tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda eksporbop mahsulotlar yetishtirish, yangi yerlarni o’zlashtirish orqali aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlar o’zining ijobiy samarasi tomon yo’l olayotir.   

        Yana bir muhim jihat: So’x tumanida shifobaxsh o’simliklar yetishtirish bo’yicha ham olib borilayotgan ishlar o’zining samaralarini bermoqda. “So’x shafran eksport” ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari Rashod Odilboyevning ma'lumotiga ko’ra, ushbu yo’nalishda tumanda birinchi qadamlar qo’yilmoqda.    

        Tumanimizga tashrif buyurgan qishloq xo’jaligi sohasi olimlari ham tumanda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish maqsadida o’rganishlarni olib borishyapti. Viloyat va tuman hokimligi vakillari, viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasi va tumandagi vakillar ishtirokida bugun tadbirkor Rashodjon Odilboyev tomonidan olib borilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

        Aytish lozimki, tumanda za'faron o’simligini yetishtirish va uni eksportga yo’nalishtirish bo’yicha ishlar ikki yildan beri olib borilmoqda. Bu jihat Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan ham tumanga qilgan tashrifi chog’ida qayd etilgan. Mazkur sohaga ham xalqaro moliya intistutlari mablag’lari jalb etilishi bo’yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

        Ayni kunda kooperatsiya xodimlariga Vargan massividan 12 gektar yer maydoni ajratilgan bo’lib, za'faron o’simligi yetishtirish bo’yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Uchrashuv chog’ida mazkur sohani rivojlantirish maqsadida ajratilishi ko’zda tutilgan 100 000 AQSh dollari miqdoridagi mablag’larni yo’naltirish bo’yicha ham amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram