Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-09-21 16:11:53    133

PDF yuklash
Chop etish


  Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 60-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyaga tuman hokimi Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va sessiyani ochib bergan tuman hokimi ishtirokchilarga kun tartibi haqida ma'lumot berdi.

 Sessiya kun tartibiga 5 ta masala qo’yildi va mazkur masalalar deputatlar tomonidan muhokama etildi. 

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala - tumanda odil sudlovni amalga oshirish, sudning mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud yuli bilan ishonchli himoya qilish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo’yicha Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2022 yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ishtirokchilarga Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Umidjon Ergashev axborot berdi.

Sud raisiga sessiya ishtirokchilari o’zlarining savollarini berib, javoblar olishdi. Shuningdek, bahsli masalalarda ham sud raisiga murojaatlar qilindi.

Kun tartibiga qo’yilgan ikkinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 5 may kuni tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati fa'oliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishining 38-sonli bayoni, 15-bandi ijrosi yuzasidan So’x tumani sog’liqni saqlash bo’limi mudiri Usmonjon Mamadaliyev hisobot berdi.

Shuningdek, Yangiariq mahallasidan saylangan deputat Amirali Safarovning tibbiyot sohasiga oid kiritgan qo’shimcha taklifi – Yangiariq mahallasida faoliyat olib borayotgan Yangiariq shifokor xizmat uyini QVPga aylantirish masalasi ham deputatlar tomonidan ko’rib chiqildi.

Sessiya kun tartibiga qo’yilgan uchinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xujaligi masalalari qumitasining 2022 yil 04 iyuldagi O’zbekiston Respublikasi Suv xujaligi Vazirligi tomonidan, O’zbekiston Respublikasi suv xujaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga muljallangan kontseptsiyasi doirasida 2022 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi 142-sonli qaroriga asosan, fermer xujaliklari, shirkatlar va aholi tomorqalarida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish hamda bo’ bo’yicha xujalik sub'ektlari va aholi orasida targ’ibot ishlarini olib borish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar  yuzasidan ishtirokchilar tuman irrigatsiya bo’limi boshlig’i O’tkirjon Boltaboyevning hisobotini tinglashdi.

Sessiya davomida ushbu yo’nalishda So’x tumanida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Deputatlar tomonidan suv ta'minotiga oid muammoli masalalar ham muhokama etildi.

Kun tartibidagi to’rtinchi masala - Jamoatchilik fikri asosida shakllangtirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi ”dan mazkur tadbirlarga mablag’lar ajratish to’g’risidagi hisobot tuman moliya bo’limi mudiri Zayliddin Iskandarov tomonidan ishtirkochilarga o’qib eshittirildi.

Sessiya kun tartibiga qo’yilgan oxirgi – beshinchi masala - “Saxovat va ko’mak jamg’arma fondi”ga tushgan mablag’larni to’g’ri tassarruf etish to’g’risida ishtirokchilarga tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov ma'lumot berdi.

Deputatlar tomonidan ko’rilgan barcha masalala bo’yicha qarorlar qabul qilindi. Shu bilan Halq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o’z ishiga yakun yasadi.

          So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram