O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–5072-sonli qarori ijrosi bo'yicha tumanda 2022 yil 2-chorakda amalga oshiril
2022-09-21 08:01:11 249
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–5072-sonli qarori ijrosi bo'yicha tumanda 2022 yil 2-chorakda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha
MA’LUMOT
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni tanlab olish jarayoni 2022 yil 1-fevraldan 1-aprelgacha bo'lgan muddatda Moliya Vazirligining openudget.uz axborot portalida o'tkazildi. Tumanda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishning 1-bosqichi uchun jami 2 923.2 mln so'm mablag' ajratilgan. Shundan 89.4 mln.so'm mablag' 2021 yil ochik byudjet jamg'armasidagi qoldiq, 513.0mln so'm 2022 yil boshiga shakklangan erkin qoldiq mablag'lari hisobidan va 2 320.7 mln so'm 2022 yil byudjet parametrlarida (tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi) ko'zda tutilgan mablag' hisobidan ajratilgan.
Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni tanlab olish jarayoni 3-bosqichda amalga oshirildi:
Birinchi bosqichda tumanimiz fukarolari tomonidan 2022 yil 1 fevraldan 22 fevralgacha bo'lgan muddatda o'zlarini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolari bo'yicha takliflarini axborot portaliga joylashtirishgan. Fuqarolar tomonidan jami 104 ta 47 mlrd 71 mln so'm bo'lgan takliflar joylashtirilgan.
Ikkinchi bochqichda 2022 yil 23 fevraldan 4 martgacha bo'lgan muddatda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni tanlab olish bo'yicha tuzilgan ishchi komissiyasi tomonidan moderatsiya jarayoni o'tkazildi.
Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olindi:
tumanning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, aholidan tushayotgan murojaatlardagi muammolar;
jamoaviy muammolarni hal etish qaratilganiligi (xiyobonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yo'llarni va ijtimoiy soha ob'ektlarini ta'mirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suvi bilan ta'minlash, ko'cha chiroqlarini o'rnatish (ta'mirlash) va shu kabilar);
jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega bo'lmasligi (shaxsiy avtomashina yoki turar joy harid qilish, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ma'muriy binolarni ta'mirlash);
mahalliy davlat hokimiyati va davlat organlarining binolari va inshootlarini qurish, ta'mirlash va jihozlash ishlariga shu jumladan ularning boshqa extiyojlarini qoplashga qaratilgan bo'lmasligi lozim;
ko'rsatilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan joriy yilda manzilli ro'yxat (hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha dasturlar yoki tashrif bayonlari va boshqalar)ga yoki byudjet parametrlari doirasida xarajatlar smetasiga asosan mablag' ajratish ko'zda tutilgan bo'lsa ushbu takliflar asoslangan holda qabul qilinmasligi lozim;
byudjet tashkilotlari jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarning faqat bittasida taklif ob'ekti sifatida ishtirok etishlari mumkin.
byudjet tashkilotlari jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar ob'ekti sifatida bir marta ishtirok etib, g'olib deb topilgan bo'lsa hamda “Fuqarolar tashabbusi” jamg'armasidan ushbu loyiha yechimi bo'yicha mablag' ajratilgan bo'lsa, ushbu byudjet tashkilotlarining keyingi 24 oy ichida o'tkaziladigan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida taklif ob'ekti sifatida ishtirok etishlari mumkin emas.
berilgan takliflarni amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshmasligi lozim.
Moderatsiya jarayonida fuqarolar tomonidan berilgan jami 104 ta taklifdan 40 ta taklif rad etildi. Jumladan 14 ta taklifni amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan yuqoriligi, 12 tasi takrorlanganligi, va 14 ta taklif tasdiqlangan nizom talablariga mos kelmaganligi sababli rad etilgan.
Moderatsiya jarayoni natijasiga asosan 104 ta taklifdan 40 tasi rad etilgan va 64 ta taklif ovoz berish jarayoniga o'tkazilgan.
Uchinchi bosqich 5 martdan 1 aprelgacha fukarolar tomonidan moderatsiyadan o'tkazilgan 64 ta takliflarga ovoz berish jarayonni olib borildi. Ushbu bosqichda fukarolar tomonidan jami 12 335 ta ovoz berilgan.
Ovoz berish natijalariga quyidagi 5 ta taklif g'olib deb topildi.
Jumladan:
1. Fuqaro Uktam Safarov tomonidan kiritilgan ID 1460400033 sonli 380.0mln so'm bo'lgan Chashma MFY da joylashgan 11 son umumta'lim maktabida mini stadion qurish taklifiga 2 080 ta ovoz,
2. Fuqaro Payrav Ahmedov tomonidan kiritilgan ID 1460400020 sonli 400.0mln so'm bo'lgan Yangiariq MFY da joylashgan 2 son umumta'lim maktabini joriy ta'mirlash taklifiga 1 966 ta ovoz,
3. Fuqaro Shohjahon Hakimjonov tomonidan kiritilgan ID 1460400023 sonli 960.0mln so'm bo'lgan Sebzor MFY ning Tutiqator ko'chasining 1 500 metr va Olmazor ko'chasining 1 500 metr ichki kuchalarini asfaltlashtirish taklifiga 1 771 ta ovoz,
4. Fuqaro Fazliddin Xidiraliyev tomonidan ID 1460400029 sonli 300.0mln so'm bo'lgan Lenbur MFY da joylashgan 17-son maktabgacha ta'lim tashkilotini joriy ta'mirlash taklifiga 1 698 ta ovoz,
5. Fuqaro Shohida Xidiraliyeva tomonidan ID 1460400035 sonli 830.0mln so'm bo'lgan Kakir MFY Chinor kuchasining 1 450 metr qismini va Sebeda kuchasining 1 150 metr qismini asfaltlashtirish taklifiga 1 060 ta ovoz berilgan.
Yuqoridagi g'olib takliflarni moliyalashtirish buyicha tasdiklangan manzilli dasturga asosan buyurtmachi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan va barcha takliflarda qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.