Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OQILA AYOLLAR” HARAKATINI TASHKIL ETISH BO’YICHA TADBIR O’TKAZILDI

×

 2022-09-17 15:24:52    135

PDF yuklash
Chop etish


        Oila muqaddas dargoh. Ushbu dargohning muqaddasligini saqlash va asrash eng avvalo ayollarga bog’liq. Agar ayollarimiz oqila bo’lsa, oila ham mustahkam bo’lishiga shubha yo’q.

        O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 avgust kungi “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 437-sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublikamiz hududlarida keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti. Tuman madaniyat markazining majlislar zalida bo’lib o’tgan uchrashuvda ham tumanda mazkur harakat fa'oliyatini yo’lga qo’yish va unga munosib rahbar tayinlash masalasi ko’rib chiqildi.

        Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova Respublikamizda xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor haqida gapirib, tumanda “Oqila ayollar” harakatini tashkil etish davr taqozosi ekanligini ta'kidlab o’tdi. Aytish lozimki, mahalla fuqarolar yig’inlarida mazkur harakat fa'oliyat olib boradi va xotin-qizlar fa'oli, otinoylar bilan mustahkam hamkorlik qilgan holda xotin-qizlarni qiynayotgan turli muammmo va kamchiliklarni bartaraf etilishida astoydil harakat qilishadi.

        Tadbirda ishtirok etgan fa'ollar mazkur harakatning tuman miqyosida tashkil etilishi bo’yicha o’z fikr-mulohazarini bildirdilar. Mazkur harakatga munosib nomzod tayinlanishi alohida ta'kidlandi.

        “Oqila ayollar” harakati jamiyatda o’z o’rniga ega harakat bo’lishi lozim. Zotan, ushbu harakat fa'oliyatiga mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota onaning mas'uliyatini oshirish, ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuyg’ularini singdirish, «odobli qiz» va «ma'rifatli ona» qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, reproduktiv salomatlik asoslari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida bo’lish masalalarini hamda «Oila — muqaddas» tushunchasini keng targ’ib qilish kabi vazifalar kiradi.

        Uchrashuv davomida mazkur harakat va uning asosiy vazifalari haqida keng ko’lamli tushuncha va ma'lumotlar berildi. Tashkil etilgan harakat va uning mutasaddilari fa'oliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram