LENBUR MAHALLASIDAGI YANGI OSHP FOYDALANISHGA TOPSHIRISH ARAFASIDA
2022-09-17 11:38:17 119
2022 yil davomida tumanimizda tibbiyot sohasiini isloh qilishga qaratilgan amaliy ishlar doirasida keng ko’lamli yangilanishlar amalga oshirildi. Olis va chekka hududlarda tibbiy xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida barpo etilgan tibbiyot maskanlari fuqarolarimiz manfaatiga xizmat qilayotir.
Sharqobod va Oftobru mahallalarida qurib foydalanishga topshirilgan yangi oilaviy shifokorlik punktlari, tuman tibbiyot birlashmasida foydalanishga topshirilgan ichki kasalliklar bo’limi va olis Malbut qishlog’ida barpo etilgan yangi tuman markaziy poliklinikasi tasarrufidagi tibbiy punkt sohada olib borilayotgan islohotlar samarasidan darak beradi. Ayni kunda tumanimizning 1-sektori hududida joylashgan Lenbur mahallasida ham yangi oilaviy shifokorlik punkti qurilishi davom etmoqda va mazkur tibbiyot maskani foydalanishga topshirish arafasida turibti.
Mazkur tibbiy maskan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-98 sonli hamda viloyat hokimining 2022 yil 04 fevral kungi 64-11-0-Q/22 sonli qarorlari asosida barpo etildi. Hozirgi kunda tibbiyot maskanida oxirgi ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tibbiyot maskanini barpo etilishi uchun davlatimiz byudjetidan 1 milliard 881 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Qurilish ishlari "Marg’ilon Sarbon qurilish ta'mir" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram