Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADAGI OCHIQ YER MAYDONLARINI O’ZLASHTIRILISHI BO’YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

×

 2022-09-17 11:29:45    63

PDF yuklash
Chop etish


        Kecha kunning ikkinchi yaramida tumanimizda bo’lgan Farg’ona viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Trusunov boshchiligidagi ishchi guruh tumanda qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan ishlarning natijadorligi hamda olib borilayotgan ishlar jarayonini ko’zdan kechirdilar. Dastavval ishchi guruh tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hamrohligida Javpaya mavzesida bo’lishdi.

        Javpaya kengliklarida bo’lgan viloyat hokimi o’rinbosariga mutaxassislar tomonidan hudud bo’yicha kerakli ma'lumotlar berildi. Tuzilgan xarita orqali hududning o’zlashtirishi mumkin bo’lgan maydonlari ko’zdan kechirildi.

        Tuman "Ermulkkadastr" mutaxassislarining ma'lumotiga ko’ra, mazkur hududda 400 gektardan ziyodroq ekin yer maydoni mavjud bo’lib, barchasi shudgorlangan va lotlarga ajratib qo’yilgan.

        Rejaga ko’ra, dastlab Javpayadagi 201 gektar yer maydoni ekish uchun tayyorlanadi. Maxsus texnikalarni safarbar etish orqali ekin ekiladigan yer maydoni tekkislanib, sug’orish uchun qulay holatga keltiriladi. Tomchilatib sug’orish yo’lga qo’yilib, mazkur hududga anor va namatak ekiladi. Chunki anor va namatak yetishtirish uchun Javpayaning tuproq va iqlim sharoiti mos keladi.

        Anor yetishtirish uchun shamol yo’nalishi va sug’orish tizimining to’g’ri yo’lga qo’yilishi ham zarur shartlardan biridir. Bu jihatlar ham mutaxassislar tomonidan o’rganiladi.

        Javpaya massivini o’zlashtirish bo’yicha shtab tashkil etildi. Shtab raisi etib Farg’ona DO’X boshlig’i Shuhrat Abdusalomov tayinlandi.

        Viloyat hokimi o’rinbosari o’rganish davomida Javpayada barpo etilgan suv jamlash qurilmasini ham ko’zdan kechirdi. Qurilgan hovuz suv yetkazib berishga mo’ljallangan.

        Qurilayotgan suv omborini ko’zdan kechirgan ishchi guruh vakillariga mutaxassislar mazkur inshoot haqida ma'lumot berdilar. O’rganish davomida ishchi guruh shuningdek, "Ozod" shirkat xo’jaligida kartoshka yetishtirish jarayonini ham ko’zdan kechirdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram