Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANMAYDIGAN YERLAR O’ZLASHTIRILISHI BO’YICHA ISHLAR DAVOM ETTIRILADI

×

 2022-09-17 11:24:51    67

PDF yuklash
Chop etish


        Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan Qal'acha mahallasidagi Javpaya massividagi bo’sh yerlarni o’zlashtirilishi bo’yicha boshlangan ezgu harakat o’zining mantiqiy davomini topmoqda. Tumanimizda bo’lgan viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasi vakillari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bilan mazkur massivda bo’lishib, Javpayada amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar va qilinishi lozim bo’lgan ishlar belgilab olindi.

        Javpayadagi ochiq yer maydonlarini o’zlashtirish bo’yicha ishlar olib borilishi viloyat vakillari tomonidan qayd etildi va So’x tumani qishloq xo’jaligi mutasaddilari tomonidan mazkur hudud istiqboli haqida ma'lumotlar berildi. Javpayadagi yerlarni o’zlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi belgilangan bo’lib, mavjud yer maydonlari shudgorlangan va lotlarga ajratib qo’yilgan.

        O’rganish davomida Javpaya massiviga suv tortish ishlarini davom ettirish, tomchilatib sug’orish tizimini yo’lga qo’yish maqsadida zaruriy choralarni ko’rish, sug’orish va mebmran ahavzalari qurish uchun qulay hudud tanlash, hudud tuprog’i unumdorligini aniqlash, mevali daraxt ko’chatlari va shifobaxsh o’simliklar ko’chatlarini yetkazib berish, yerlarni ko’chat ekishga tayyorlash uchun zarur bo’ladigan qishloq xo’jaligi texnikalarini safarbar etish masalalari ham muhokama etildi. Aytish lozimki, Javpayadagi yer maydonlari va tuproq sharoiti mevali daraxtlar parvarishiga mos keladi.

        Erlarni o’zlashtirish orqali fuqarolarga qo’shimcha daromad manbai yaratish, tuman eksport salohiyatini ko’tarish maqsadida “bir hudud – bir mahsulot” tizimini yo’lga qo’yish, fuqarolarga yerlarni o’zlashtirish uchun subsidiya berish masalasida qonuniy choralarini ko’rish ham mutasaddilar ishtirokida muhokama etildi. Yaqin kunlarda bevosita viloyat hokimi ko’rsatmasiga asosan Javpayani o’zlashtirish maqsadida maxsus texnikalar safarbar etilishi qayd etildi.

        Viloyat vakillari raisligida Javpaya massivini o’zlashtirish bo’yicha shtab tashkil etiladi. Mazkur shtab bevosita ushbu hududda fa'oliyat olib boradi va rejalashtirilgan chora-tadbirlar asosida mazkur hududdagi yerlarni o’zlashtirish yuzasidan amaliy ishlar olib boradi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram