SO’X TUMANI HOKIMI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSTITETIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
2022-09-15 10:15:36 144
Xabaringiz bor, o’tgan yili So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida bevosita tuman hokimi tashabbusi bilan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” doirasida Farg’ona davlat oliygohida tahsil olayotgan So’xlik talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, o’tkazilgan edi. Quvonarlisi ushbu tashabbus an'anaga aylanib bormoqda va Farg’ona davlat Universitetida bo’lib o’tgan navbatdagi uchrashuv boshlangan ezgu amalning mantiqiy davomi bo’ldi.
Tashkil etilgan mazkur uchrashuvda universitetning yoshlar masalalari bo’yicha prorektori Foziljon Otaqulov, tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Ilhom Abdumajidov, tumandagi 29-umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori Amirjon Temirovlar ham qatnashdilar.
Tadbirni ochib bergan oliygoh prorektori so’nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan bevosita So’x tumaniga berilayotgan e'tibor, ayniqsa, Prezidentiimiz e'tibori doirasida ikkinchi marta So’xlik yoshlarga berilgan 500 ta kvota haqida gapirdi va ushbu berilayotgan e'tiborga javoban So’xlik talaba-yoshlar tahsil jarayonida hamr doim faol bo’lishlari shartligini alohida ta'kidladi. Boshlangan ikki tomonlama hamkorlik o’zining ijobiy samarasini berishiga ishonch bildirildi.
So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham o’z navbatida so’zga chiqib, so’zining avvalida barcha talaba nomiga muvaffaq bo’lgan yosh studentlarni tabrikladi va yoshlarning asosiy vazifalari o’qish va o’rganish ekanligini qayd etdi. Chunki bugun tahsil olayotgan talaba-yoshlar So’x tumani ertangi kuni bunyodkorlari hisoblanadi. Tuman hokimi talaba-yoshlar berilayotgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanib, bor kuch-g’ayratini bilim olish, ilm o’rganishga sarf etishlarini alohida ta'kidladi.
Shuning barobarida, talabalarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek talaba-yoshlarning muammolarini o’rganish va yechimini topish har doim tuman hokimligi zimmasida ekanligi alohida ta'kilandi. Ushbu yo’nalishda universitet bilan mustahkam aloqa o’rnatilganligi qayd etib o’tildi.
Tadbir samimiy muloqot tarzida bo’lib o’tdi va talaba-yoshlar ham o’z savollari bilan mutasaddilarga murojaat etishib, munosib javoblar oldilar. Tadbir so’ngida bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish lozimligi qayd etildi va eng fa'ol bo’lgan talaba yoshlarga tuman hokimligining esdalik va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram