Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI NURONIYLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2022-09-14 18:00:10    104

PDF yuklash
Chop etish


     Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Hazrati Ali mahallasidagi ziyoratgohda bir guruh nuroniy otaxon va mehnat faxriylari bilan uchrashdi. Tuman hokimiga ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev hamrohlik qildi.

        Uchrashuv davomida tumanimiz hududida olib borilgan keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari xususida gapirildi. Nuroniy otaxonlar berilayotgan bunday e'tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minatdorchilik bildirdilar.

        Qayd etildiki, mamlakatimizdagi tinchlik va totuvlikning asosiy omili davlatimiz rahbari olib borilayotgan odilona siyosat natijasidir. Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan ShHT sammiti ham davlatimiz obrusining dunyo miqyosida ortib borayotganidan dalolat ekanligi zikr etildi.

        Nuroniy otaxonlar va mehnat faxriylari bilan uchrashuvda shu bugungi dorilomon kunlarga shukronalar keltirildi va Vatanimizning porloq kelajagini tilab, samimiy so’zlar, ezgu tilaklar va orzular bilan duolar qilindi.

        Tinchlik va totuvlik, farovon hayot va osoyishtalik maqsadida jonliq so’yilib, ehson qilindi. Mazkur ehson kam ta'minlangan va ijtimoiy kumakka muhtoj oilalarga yetkazib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram