Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQARO HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA

×

 2022-09-13 17:02:19    134

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tumani Yangiariq mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Xidirov onasi tug’ilgan yilini to’g’rilab berishi yuzasidagi murojaati tuman adliya bo’limi xodimlari tomonidan o’rganib chiqildi.

         Ma'lum bo’lishicha So’x tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limi tomonidan Xidirova Oynisoga 2 marotaba O’zbekiston Respublikasi fuqrolik pasporti rasmiylashtirib berilgan.

        O’rganish davomida So’x tuman IIB tomonidan 06.05.1997 yilda berilgani CG’ seriyali 0826258 raqamli hamda 06.12.2019 yilda berilgan AC seriyali 2517398 raqamli fuqarolik pasportida O.Xidirova 15.06.1928 yilda tug’ilganligi belgilangan.

        Biroq, So’x tuman FXDYo bo’limining 28 may 1962 yilda berilgan Xidirov Dodomirzo va Xidirova Oyniso o’rtasida tuzilgan nikoh guvohnomasida Madaliyeva Oyniso 1924 yilda tug’ilganligini qayd qilingan.  

        O.Xidirovaning o’g’li Sh.Sharipov tug’ilganlik haqidagi dalolatnomani olish uchun So’x tuman FHDYo bo’limiga murojaat qilganida 2022 yil 31 may kungi FHDYo bo’limining ma'lumotnomasi xamda Davlat xizmatlari agentligining Farg’ona viloyat xududiy boshqarmasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivining ma'lumotnomasida ham O.Xidirovaning tug’ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi haqidagi ma'lumot berilganligiga asoslanib, O.Xidirovaning arizasi rad etilgan.

        Bundan tashqari 02.07.1946 yilda tug’ilgan Xidirov Bahodirning tug’ilish haqidagi dalolatnoma yozuvida O.Xidirova 1924 yilda tug’ilganligini rasmiylashtirilganligi aniqlandi.

        Shu sababli So’x tumani adliya bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasining tegishli huquqiy hujjatlariga asoslanib O.Xidirovani tug’ilganlik faktini belgilash yuzasidan fuqarolik ushlari bo’yicha So’x tuman sudiga da'vo arizasi kiritildi.

        Da'voga asosan fuqarolik ishlari bo’yicha Rishton tumanlararo sudi raisi Sh.A.Axynbayev 2022 yil 4 avgustda Xidirova Oynisoni 1924 yil 15 iyun kuni Rishton tumanida tug’ilganligi qayd etilganlik faktini belgilash to’g’risida hal qiluv qarorini chiqargan.

               B.Enazarov - So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram