Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” MUSOBAQALARI QIZG’IN KECHMOQDA

×

 2022-09-12 17:26:29    163

PDF yuklash
Chop etish


        Respublikamizda O’zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi va O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o’tkazib kelinayotgan  “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga 10 sentyabrda start berildi va bu yo’nalishda ham tumanimizda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Musobaqa Nizomi asosida mahallalarda yoshlar o’rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish asosiy maqsad etib belgilangan.

        Bugun tumanimizning Sarikanda mahallasi, 4-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat va shashka turi bo’yicha musobaqalar tashkil etildi va o’tkazildi. Musobaqalarda ishtirok etga yosh sportchilar g’oliblikni qo’lga kiritish uchun o’zaro bellashdilar.

        - Aytish lozimki, “Besh tashabbus olimpiadasi” orqali mahallalarimizda yoshlarni sportga kengroq jalb etish maqsadida va ularni ommaviy tarzda sport bilan mutazam shug’ullanishlari uchun mexanizm yaratildi. Qishloq joylarda yoshlar va uyushmagan yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismonan sog’lom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” samarasi o’laroq, mahalla, sektor, tuman va hududiy mahalla terma jamoalari shakllanmoqda. Albatta, bu tizim sportni yanada ommalashtirilishda katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz, - deydi Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov.

        Tashkil etilgan mazkur sport musobaqalarida shashka bo’yicha 48 nafar va shaxmat bo’yicha 36 nafar yosh sportchilar o’zaro kuch sinashdi. Natijada ikkala sport turidan 8 nafardan – 16 nafar yosh sportchilar musobaqalarning navbatdagi bosqichiga yo’llanma oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram