“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”NING BIRINCHI BOSQICHIGA START BERILDI
2022-09-10 15:57:01 150
Yosh va iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni shohsupa sari yo’l olish uchun yo’naltirish maqsadida Respublikamizda “Besh tashabbus olimpiadasi”ni o’tkazish an'anaga aylanib qolgan. Bugun 10 sentyabrdan Republika miqyosida mazkur sport tadbirining birinchi bosqichi boshlandi va dastavval maydonga yosh tennischilar chiqdilar.
Bugun So’x tumanidagi Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inining 8-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida besh bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi kunida, stol tennisi musoboqasi o’tkazilishiga start berildi. Tadbirda viloyat va tuman hokimligi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirok etgan O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat bo’limi rahbari Shohrux O’ktamov va So’x tumani hokimi o’rinbosari Ilhom Abdumajidovlar o’z so’zlarida yosh olmipiadachilarga omad tiladilar. Ta'kidlandiki, “Besh tashabbus olimpiadasi” eng iqtidorli sportchilarni aniqlashda va ularni munosib mavqe topishlarida katta ahamiyatga ega sport tadbiriga aylanib ulgurdi.
- Bugun bizning mahalladan g’oliblikni qo’lga kiritish uchun 42 nafar mahalla fuqarolar yig’ini yosh tennischilari maydonda o’zaro belllashdilar. Natijada 8 nafar yoshlarimiz sektor bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar va ularga qimmatbaho sovg’a va diplomlar taqdim etildi, - deya bizga xabar bermoqda Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Umidjon Qosimov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram