FAN OLIMPIADALARINING BIRINCHI BOSQICHIGA HOZIRLIK KO’RILMOQDA
2022-09-10 15:25:04 118
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o’quvchilar o’rtasida fan olimpiadalarini o’tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to’g’risida” 2021-yil 9-sentyabrdagi 562-son qaroriga asosan o’quvchi yoshlar o’rtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har yili fan olimpiadalari tashkil etiladi. Ushbu olimpiadaning birinchi bosqichi sentyabr oyida o’tkazilishi belgilangan.
Mazkur tadbirni uyushqoqlik bilan o’tkazish va eng iqtidorli o’quvchilarni aniqlash maqsadida 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida amaliy ishlar qilinmoqda. Fan olimpiadasi birinchi bosqichi, ya'ni maktab bosqichini o’tkazishga doir tadbir tashkil etildi.
- Albatta, fan olimpiadlarini o’tkazish eng iqtidorli va bilimli shogirdlarni tanlab olinishida katta ahamiyatga ega. Maktabimizda pedagogik jamoa bilan mazkur tadbirni o’tkazish yuzasidan maslahatlashib oldik va bu bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi, - deydi mazkur ta'lim dargohi direktori Amirjon Temirov.
Fan olimpiadalari birinchi bosqichini tashkil etish va o’tkazish yuzasidan viloyat xalq ta'lim boshqaramsi tomonidan zaruriy ko’rsatmalar berilgan. Mazkur ko’rsatmalar ijrosi bo’yicha xalq ta'lim bo’limi tomonidan ham amaliy ishlar tashkil etilayotir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram