Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"BU YILI DEHQONLARIMIZ UCHUN SERDAROMAD YIL BO’LDI", - DEYISHMOQDA MIRISHKORLAR

×

 2022-09-10 15:23:04    109

PDF yuklash
Chop etish


        Ayni kunda tumanimizning mirishkorlari tomonidan kartoshka yig’im-terimi jadallik bilan olib borilmoqda. Bobo-dehqonlar bir yil davomida peshana teri evaziga yetishtirilgan "ikkinchi non"ni terishga kirishgan.

        "So’x" shirkat xo’jaligi mirishkorlari-ijarachilari ham bugun o’zlariga biriktirilgan yer maydonlarida havas bilan hosil olishayotir. Chunki yetishtirilgan kartoshka hosili havas qilsa arzigulik.

        - Mening tasarrufimda 80 sotix yer maydoni bor. Bu yil rejaga asosan 30 sotixga g’alla va 30 sotix yer maydoniga kartoshka ekdik. G’alla hosilini bir gektar hisobidan 7 500 kilogramm olishga muvaffaq bo’ldik, asosiysi o’zimga 1 tonna 100 kilogramm bug’doy qoldi. Kartoshka hosilidan ham niyatimiz katta. O’rtacha bir gektardan 40 tonna hosil olish niyatimiz bor, bugun ekilgan kartoshkadan salkam 13 tonna hosil oldik. 10 sotixdagi sholi ham yig’ib-terib olish arafasida. "Mehnat qilsang, daromad olasan" degan so’zga amal qilib, hamisha harakatdamiz, - deydi shirkat xo’jaligi ijarachisi Mullojon Sarmisoqov.

        Ijarachi yer maydoni hududida bo’lgan tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ham olingan hosilni ko’rib, mehnatkash dehqonga omadlar tiladi. Ishonchimiz komilki, qilingan mehnat va harakatlar dehqonlarimiz uchun daromad manbai bo’lib xizmat qiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram