ENG ASOSIY VAZIFA BERILGAN IMKONIYATLARDAN SAMARALI FOYDALANIB, BARKAMOL AVLOD TA'LIM-TARBIYASIGA E'TIBOR QARATISH
2022-09-10 15:20:38 124
"Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi". Prezidentimizning aytgan bu so’zlari sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarda amalga tatbiq etilayotir. Aytish lozimki, sohani isloh qilishda So’x tumanida ham keng ko’lamli amaliy ishlar qilinmoqda. Barpo etilayotgan yangi umumiy o’rta ta'lim maktablari binolari va ta'lim dargohlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi ishlar mana shunday islohotlarning nishonasidir.
Umbara qishlog’idagi 16-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hokim o’rinbosari Ilhom Abdumajidov hamrohligida maktabda amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilari bilan tashkil etilgan uchrashuvda yangi 2022-2023 o’quv yili rejalari muhokama etildi.
Aytish lozim, mazkur ta'lim dargohida bevosita viloyat hokimi tashabbusi bilan o’tgan 2021 yilda rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi va maktab zamonaviy tarzda ta'mirlanib, o’qituvchi va o’quvchilarga zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Sinfxonalar va maktabning jihozi ham zamonaviy tarzda amalga oshirilgan.
Ta'lim muassasasida bo’lgan tuman hokimi maktabdagi muammolar va kamchiliklarni ham o’rgandi. Maktab o’qituvchilari tuman hokimiga muammo va kamchiliklar xususida murojaat etdilar va aniqlangan muammolarnining yechimi bo’yicha chora-tadbirlar rejasi va "Yo’l xaritasi" belgilash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram