"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"GA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BO’LIB O’TMOQDA
2022-09-09 20:09:54 112
Yoshlarni bo’sh vaqtini to’g’ri va mazmunli tashkil etish, yoshlarning sportga bo’lgan shavq va ishtiyoqini kuchaytirish, iste'dodli sportchilarni aniqlash va ularni munosib rag’batlantirish maqsadida tashkil etilib, o’tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar hayotidagi eng katta voqelik desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Ayni kunda tumanimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” ning navbatdagi bosqichiga hozirlik ko’rilmoqda.
Ushbu yo’nalishda mahallalarda fa'oliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari mas'uliyat bilan ish olib borishayotir. Stol tennisi bo’yicha musobaqalarning mahalla bosqichi 10-sentyabrda o’tkazilishi rejalashtirilganligi bois, Sarikanda mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
- “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarimizning eng sevimli musobaqasiga aylanib ulgurdi. Bu yilgi musobaqalarni qiziqalri va mazmunli o’tkazilishiga puxta hozirlik ko’rmoqdamiz, - deydi Sayrikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov.
Tumanimizning barcha hududlarida ushbu qiziqarli olimpiadaga tayyorgarlik ishlari avj olgan. Umid qilamizki, mazkur musobaqalarning navbatdagi bosqichi ham yosh iste'dodlarni saralab olinishida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati0
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram