HUDUDLARDA ENG DOLZARB BO’LGAN MUAMMOLAR O’RGANILMOQDA
2022-09-09 19:38:47 127
“Inson qadri uchun” degan tamoyilni kundalik hayotimizda amalga oshirilishi turli islohotlar, inson manfaatiga qaratilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, qurilish-ta'mirlash, yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar va keng ko’lamli ishlarda namoyon bo’lmoqda. Zotan, agar xalqimiz bizning olib borayotgan fa'oliyatimizdan rozi bo’lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo’ladi.
Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklarini o’rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Albatta, kamchiliklar va muammolar yo’q emas, bor, lekin ular bosqichma bosqich bartaraf etilayotir. Jamoatchilik fikrini o’rganish orqali aniqlangan muammolar yechimi esa, o’z vaqti va belgilangan muddatda yechilishi aholi kayfiyatiga ham ijobiy ta'sir qilishi tabiiy hol. Chunki mahalladagi muammo va kamchiliklarni o’sha hududda yashaydigan fuqarolar yaxshi bilishadi.
Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, So’x tumanida ham mahallalardagi eng dolzarb muammolarni o’rganish orqali 2022-2023 yillarla mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish uchun ishchi guruh tashkil etilgan va mazkur ishchi guruhlar a'zolari tumanimizning sektorlari kesimida o’rganish ishlarini olib borishmoqda.
So’x tumani hokimning birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligidagi ishchi guruh bugun tumanning 1-sektoridagi mahallalarda bo’lishib, bevosita aholi bilan uchrashib, mahalladagi muammo va kamchiliklarni o’rganishdi. Fuqarolarimiz ham ushbu o’rganish jarayonlarida fa'ol ishtirok etishyapti.
Mahallalarimizda dolzarb bo’lgan muammo va kamchiliklar borki, ushbu muammolarning yechimi xalqimiz roziligiga sabab bo’ladi. Ishchi guruhlar tomonidan hududlarda davlat dasturlariga kiritilgan amaliy ishlardan tashqari boshqa hududiy muammolar o’rganilmoqda. Ishchi guruh rahbarining so’zlariga ko’ra, hududlarda ko’p muammo va kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Muammolarning ruyixati dolzarbligi bo’yicha shakllantiriladi va ushbu ma'lumotlar Respublika darajasidagi kommisiyaga yetkaziladi. Bunday ishlar amaliyotini yo’lga qo’yishdan asosiy maqsad aniqlangan muammo va kamchiliklarni bosqichma bosqich bartaraf etish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdan iborat.
Ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan muammolarning uchta eng dolzarb bo’lgani tanlab olinmoqda va ularning ruyixati shakllantirilib, respublika komisiyasiga taqdim etilayapti. Darhaqiqat, agar aholi kayfiyatiga ta'sir qiluvchi eng dolzarb muammolar o’z yechimini topsa, kundalik hayotimizdagi boshqa muammo va kamchiliklar bosqichma bosqich hal etiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram