OBODONLASHTIRISH ISHLARI JAMOATCHILIK NAZORATI OSTIDA OLIB BORILYAPTI
2022-09-09 17:35:33 130
Ta'kidlash lozim, tumanimizning 4-sektori hududidagi mahallalarda ham ayni kunda keng ko’lamli obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Qilinayotgan barcha ishlar albatta, aholiga, fuqarolarimizga munosib sharoitlarni yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti.
4-sektor rahbari va Zangat mahalla fuqarolar yig’ini deputatining bizga bergan xabariga ko’ra, mazkur mahallada ham ichki ko’chalarni ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur mahallada davlatimiz byudjetidan yo’naltirilgan mablag’lar hisobidan ichki ko’chalar shag’allashtirilmoqda.
Aytish joyizki, amalga oshirilayotgan ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bevosita jamoatchilikning qattiq nazorati ostiga olingan. Chunki oxirgi vaqtda asfltlashtirilgan va betonlashtirilgan hududlardagi ishlar sifatiga doir fuqarolar tomonidan ko’p tanqidiy fikrlar bildirilmoqda.
- Davlat dasturi asosida Obishir mahallasidagi ichki ko’chalar ham bugun betonlashtirilyapti. Ishlar jarayoni va sifatini nazoratga olganmiz, - deydi mazkur mahalla deputati Rasuljon Mirsaidov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram