Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA INSTITUTINING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLINI MUSTAHKAMLASH YO’LIDA

×

 2022-09-09 15:03:09    141

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash, bu sohada mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda mazkur institutni tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.

Bu borada olib borilayotgan islohotlar va ko’rilayotgan chora-tadbirlarning davomi o’laroq 2022 yilning 16 avgust kuni Davlatimiz rahbarining yana bir muhim hujjati - “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi

PQ-353-sonli Qarori qabul qilindi.

QARORNING MAQSADI.

Qarorning qabul qilinishidan maqsad mahalla instituti imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashdan iboratdir.

QARORNING MOHIYaTI VA AHAMIYaTI.

QARORGA KO’RA:

Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining har bir mahalla uchun byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanmaydigan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg’armasini tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berildi.

QAROR BILAN quyidagilar Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg’armalari mablag’larini shakllantirish manbalari hisoblanishi belgilandi:

mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo’lgan davlat ko’chmas mulk ob'ektlarini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to’g’ridan-to’g’ri elektron onlayn-auktsion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag’lar, baholash

va sotish xarajatlari chegirilgan holda;

mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablag’lar;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy byudjetning qo’shimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablag’lar;

mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash

va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi tavsiyasi asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag’lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik ko’mak mablag’lari (kredit, grant, beg’araz yordam va boshqalar);

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Shuningdek, QAROR BILAN quyidagilar Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg’armalari mablag’laridan moliyalashtiriladigan asosiy yo’nalishlar hisoblanishi belgilandi:

mahalla hududidagi ichki yo’llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini ta'mirlash va tiklash;

mahalla binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy ta'mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;

mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga moddiy ko’maklashish hamda ularning turar joylarini ta'mirlash va jihozlash.

Qolaversa, QAROR BILAN Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligiga:

Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg’armasi to’g’risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish;

2023 yil 1 yanvarga qadar Kadastr agentligi bilan birgalikda har bir mahallaning aniq chegaralari belgilanishini, shuningdek Davlat statistika qo’mitasi bilan birgalikda mahallalarning yagona klassifikatori ishlab chiqilib, Davlat statistika qo’mitasining rasmiy veb-saytida e'lon qilinishini ta'minlash;

Moliya vazirligi bilan birgalikda mahallalar tashkil etilishi mezonlarini ular hududidagi xonadonlar sonidan kelib chiqqan holda belgilash bo’yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish, doimiy ravishda jamg’armalar faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha hamkorlikda ishlarni olib borish kabi vazifalar yuklatildi.

 

             MO’MINJON UMAROV - Farg’ona viloyat sudining sudyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram