SO’X TUMANIDA “SOLIQCHI - KO’MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
2022-09-09 14:57:43 141
Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko’makchi bo’lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga yanada sifatli xizmat ko’rsatishni ta'minlash maqsadida Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.
Xususan, 2022 yil yanvar-avgust oylari davomida So’x tuman DSI tomonidan 521-ta tadbirkorlik sub'ektlarini qiynayotgan muammolari o’rganildi.
Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’ligan 497-ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, O’RQ 714-sonli konuni bilan Sux tumanida jami 208 tadbirkorlarga 465 000 000 (turt yuz oltmish besh million) so’m ortiqcha tulovini bankdagi xisob raqamiga kaytarish buyicha kumaklashildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidenimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.
Farid To’raboyev – So’x tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram